📚 “Vatan va muhabbat kuychisi”

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik eslatma tayyorlandi.

✍️ Mazkur eslatmada shoirning boy ijodiy merosi, Vatanga muhabbat va insoniylikni tarannum etuvchi asarlari, shuningdek, uning hayoti va faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar jamlangan.

📖 Abdulla Oripov ijodi – bu millat ruhini, qalb dardini va yuksak orzularini aks ettirgan bebaho xazinadir.

Barchangizni ushbu bibliografik eslatma bilan yaqindan tanishishga chorlaymiz!

📍 Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi

#AbdullaOripov #85yillik #VatanVaMuhabbat #Yakkasaroy #Kutubxona #BibliografikEslatma

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх