📚 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi!

🗓25-yanvar — O‘lmas Umarbekov tavallud kuni munosabati bilan kutubxonamizda “Qalb va qismat adibi” nomli maxsus kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

📚Ko‘rgazmada adibning boy ijodiy merosi, qalblarga yo‘l topgan asarlari va hayotiy hikoyalari bilan tanishish mumkin. O‘lmas Umarbekovning kitoblari nafaqat o‘quvchilarni fikrga toldiradi, balki inson qalbining nozik jihatlarini ochib beradi.

💡 Ko‘rgazmada siz:

Adibning eng mashhur asarlari bilan tanishishingiz,

Hayoti va ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlar olishingiz,

Va albatta, o‘zingiz yoqtirgan kitoblarni tanlab olib o‘qishingiz mumkin.

📖 Kitobsevarlarni kutubxonamizga taklif qilamiz! Keling, O‘lmas Umarbekov ijodi bilan yaqindan tanishing va qalbingizga ilhom bag‘ishlang.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх