🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Hamid Sulaymon mahallasi hududida “Yo‘l-yo‘lakay” loyihasi amalga oshirildi.
📖 Loyiha doirasida mahalla hududidagi yoshlar va aholi vakillariga turli janrdagi kitoblar tanishtirilib, mutolaaning inson tafakkuri, ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
🌱 Kitobxonlik — ma’rifat sari yo‘l! Har bir kitob yangi bilim, yangi fikr va yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
💚 Yakkasaroy TAKM aholi o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish yo‘lidagi targ‘ibot ishlarini davom ettiradi.
📚 Kitob o‘qing, bilim oling, ma’naviy yuksaling!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
