📚 “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi davom etmoqda

✅ Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 160-sonli umumta’lim maktabining “Quyoshjon” yozgi oromgohida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaani kundalik turmush tarziga aylantirish maqsadida “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasining navbatdagi soni amalga oshirildi.

✅ Loyiha davomida badiiy va bolalar adabiyotining sara namunalari, kutubxona fondidagi qiziqarli kitoblar oromgoh ishtirokchilariga tanishtirildi hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

✅ “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni mutolaaga keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

#YakkasaroyTAKM #YoʻlYoʻlakayOʻqiymiz #Kitobxonlik #QuyoshjonOromgohi #Mutolaa

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх