📚 YOSHLAR OVOZI — JAMIYAT KELAJAGI! 🇺🇿

🎓 Yoshlar kuni loyihasi doirasida “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar ovozi — jamiyat kelajagi: boshqaruvda yoshlar ishtirokining ahamiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🗣 Davra suhbatida yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, davlat va jamoat boshqaruvida faol ishtirok etishi, tashabbuskorligi hamda yoshlar fikrining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar almashildi.
💡 Ishtirokchilar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va boshqaruv jarayonlarida yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalarini muhokama qildilar.
✨ Yoshlar — bugunning faol kuchi, ertangi kun bunyodkorlaridir!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх