
Bugun o‘zbek adabiyotining iste’dodli shoiri va nosiri Omon Muxtor tavallud topgan kun.
📖 Omon Muxtor 1941-yil 16-iyulda Buxoro shahrida tavallud topgan. U uzoq yillar matbuot va nashriyot sohasida samarali faoliyat yuritib, o‘zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
✍️ Adibning «Egilgan bosh», «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam», «Aflotun» kabi asarlari kitobxonlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ayniqsa, «To‘rt tomon qibla» trilogiyasi o‘zining falsafiy mazmuni va badiiy uslubi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
🏅 Omon Muxtor «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi» faxriy unvoni, «Do‘stlik» ordeni hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
🌿 Uning boy adabiy merosi bugun ham kitobxonlarni tafakkur va ezgulikka chorlab kelmoqda.
📚 Mutolaa qiling, adabiyot bilan yashang!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: