14-fevral — buyuk siymo tavalludi 🌿

Buyuk shoh va shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Zahiriddin Muhammad Bobur — turkiy adabiyotning eng yirik namoyandalaridan biri, o‘zining kuchli siyosati, qat’iyati va yuksak iste’dodi bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan ulug‘ zotdir.
U 1483-yilda Andijonda tavallud topib, yoshligidanoq murakkab siyosiy kurashlar ichida shakllandi. Temuriylar sulolasining munosib vakili sifatida buyuk ajdodi — Amir Temur an’analarini davom ettirdi.
Bobur nafaqat sarkarda va davlat arbobi, balki nozik qalbli, teran tafakkurli shoir edi. Uning “Boburnoma” asari tarixiy va badiiy meros sifatida bebaho ahamiyat kasb etadi.
Hindistonda asos solgan Boburiylar sulolasi esa ko‘p yillar davomida dunyo siyosatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu tariqa Bobur ulkan sulola bunyodkori, buyuk shoh va shoir sifatida tarix sahifalarida abadiy qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх