15-fevral — o‘zbek adabiyotining nozik tuyg‘ular kuychisi, samimiy satrlar sohibasi Saida Zunnunova tavallud topgan kun.

🖋 1926-yil 15-fevralda Andijonda tug‘ilgan shoira butun umrini ijod va adabiyotga bag‘ishladi. Andijon o‘qituvchilar institutida hamda O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, matbuot va nashriyot sohasida samarali faoliyat yuritdi.

📚 “Gulxan” jurnali, “O‘zbekiston madaniyati” gazetasi, Badiiy adabiyot nashriyoti va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi xizmatlari bilan adabiyotimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shdi.

🌿 Uning she’rlari bugun ham o‘quvchi qalbiga mehr va iliqlik ulashib kelmoqda. Yorqin xotirasi adabiyotimiz sahifalarida mangu yashaydi.

#SaidaZunnunova #15Fevral #Adabiyot #TavalludKuni

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх