
📖Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. U fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani bois xalqimiz azaldan kitobni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb bilgan. Shu sababli kitobga muhabbat, uni qadrlash va o‘qishga ishtiyoq milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.
Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhit bilan chambarchas bog‘liq: ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Inson fikrlash qobiliyati va ma’naviyati bilan yashaydi. Aynan ma’naviyat odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng muhim omillardandir.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting: