

🏫📖Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida «Kitob eng yaxshi do’st» klubi a’zolari ishtirokida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣 Davra suhbatida o‘quvchilar inson huquqlari, qonuniy erkinliklar va ularni himoya qilish yo‘llari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Soha mutaxassislari o‘quvchilarning savollariga javob berib, huquqiy bilimni oshirishga hissa qo‘shishdi.
🎯 Maqsad – yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni faol va ongli fuqaroga aylantirish!
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting: