
Islom Abdug‘aniyevich Karimov — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mustaqil davlatimiz asoschisi, kuchli siyosatchi va millat yetakchisi.
📜 1989–2016 yillarda mamlakatni boshqargan davlat arbobi.
🇺🇿 1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi.
🗳 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida Prezident etib saylandi.
U xalq dardiga quloq tutgan, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlagan, millionlab insonlarni Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashtirgan buyuk yetakchi bo‘ldi. Islohotlar orqali mustaqil O‘zbekistonning mustahkam poydevorini yaratdi.
🕯 O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi.
✨ Xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.
📿 Hurmat va ehtirom bilan yod etamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: