🎉 Bugun — adabiyot va jurnalistika fidoyisining tavallud kuni!

Bugun taniqli yozuvchi, dramaturg va tarjimon, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist

Mamatqul Hazratqul o‘g‘li Hazratqulov tavallud topgan kun.

📚 Ustoz ijodkorning “Oqqush”, “Choʻli iroq”, “Hayotning bir parchasi”, “Intizor”, “Quyosh men tomonda”, “Qoʻzichoqning koʻz yoshlari”, “Jurʼat”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq oʻchmagan kecha”, “Koʻkkoʻl” kabi hikoya va qissalari, shuningdek, sahna asarlari adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egallagan.

🌍 Lev Tolstoy, Vasiliy Shukshin va boshqa xalqlar adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgani bilan ham adabiy jarayonga katta hissa qo‘shgan.

✍️ So‘zga sadoqat, hayotga teran nigoh va inson qalbiga yaqin ohang — ustoz ijodining bosh belgilaridir.

🎂 Tavallud ayyomi muborak bo‘lsin!

Ijodkorimizga mustahkam sog‘liq, bardavom ilhom va yangi asarlar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх