1️⃣ Aniq vaqt belgilang
Kitobni yoki uyqudan oldin, yoki uyg‘ongandan keyin o‘qing. Eng muhimi — o‘qish odatga aylansin.
2️⃣ Tez o‘qishni o‘rganing
Avval kitobga tez ko‘z yugurtiring. Sizga foydali va qiziq joylarini topib, aynan shu qismlarni diqqat bilan o‘qing.
3️⃣ Tushunib o‘qing
Yiliga nechta kitob o‘qiganingiz muhim emas. Muhimi-mazmunini anglash va bilimni hayotda qo‘llash.
4️⃣ Fikrlaringizni yozib boring
O‘qish jarayonida qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan fikrlaringizni yozib qo‘ying. Bu tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.
5️⃣ O‘zingiz yoqtirgan janrdan boshlang
Sport, romantika, shaxsiy rivojlanish yoki boshqa qiziqqan mavzular-muhimi, o‘qish sizga zavq bersin.
6️⃣ Yoqmagan kitobni majburlab o‘qimang
Agar kitob sizni tortmasa — uni almashtiring. Bu normal holat.
7️⃣ Turli janrlarni sinab ko‘ring
Bu kreativlikni oshiradi va dunyoqarashingizni kengaytiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter