So‘z boyligini ko‘paytirish uchun nima qilish kerak?

— Ko‘p o‘qish kerak.

Lekin faqat kitob o‘qish bilangina so‘z boyligini oshirib bo‘lmaydi. So‘zni odamlarning o‘zidan olish kerak.

Faqat o‘zbek tilidagina askiýa degan janr bor. Boshqa birorta xalqda uchratmaymiz. Unda bitta so‘zning tagiga o‘nta ma’no yashirinadi.

Yana bir xazina — bozor. Masalan, G‘afur G‘ulom bozordan beri kelmagan…

Badiiy til adabiy tildan boy. Chunki adabiy til ma’lum qolip va me’yorga ega. Uni top-toza qilib yuvib qo‘yilgan idishga o‘xshatsa bo‘ladi.

Badiiy tilda esa sheva ham, kasb-hunarga oid so‘zlar ham, qarg‘ish ham, so‘kish ham bo‘lishi mumkin. Ularning yashashga haqqi bor. Ularni obraz qilib asarga olib kirishga yozuvchining haqqi bor.

✍️ O‘tkir Hoshimov

📖 Yarim asr daftari

Прокрутить вверх