🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar uchun “Bolalar ensiklopediyasi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada:
🔹 tabiat, fan, tarix va texnika yo‘nalishidagi ensiklopediyalar
🔹 bolalarning bilim doirasini kengaytiruvchi rang-barang, qiziqarli nashrlar
🔹 yosh kitobxonlarda mustaqil o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshiruvchi adabiyotlar namoyish etildi.
Mazkur ko‘rgazma bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, ilmga bo‘lgan mehrini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
📖 Kitob — eng ishonchli do‘st, ensiklopediya esa bilimlar kalitidir!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter