Aziz farzandim, unutmang — umr sizga berilgan eng katta ne’mat va eng nozik sir. Uni mazmunli o‘tkazish o‘z qo‘lingizda.
Har kuni o‘zingizga bir savol bering:
☝️ “Bugun quyosh chiqqandan botguncha nima bilan band bo‘ldim?”
Agar shu savolga vijdoningiz oldida bemalol, yuzingiz yorug‘ holda javob bera olsangiz — demak, kuningiz bejiz o‘tmagan.
Hayot sinovlari oldida bardam turish uchun esa bitta qudratli do‘st bor — KITOB.
📖 U sizga bilim beradi, evaziga hech narsa so‘ramaydi.
🤍 Siringizni saqlaydi, oshkor etmaydi.
🌿 Qalbingizga taskin beradi, buning uchun haq talab qilmaydi.
Shuning uchun ham kitob — beminnat mo‘jiza.
✨ Jaloliddin Rumiy aytganidek:
“Mo‘jiza emasdir falakda oftob,
Mo‘jiza aslida beminnat kitob.”
📌
Kitobni do‘st tuting. U sizni hech qachon yolg‘iz qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter