📅 5-aprel — O‘zbekiston xalq shoiri Habib Sa’dulla tavallud topgan kun.

🖋 1942-yil 5-aprelda Namangan shahrida tavallud topgan Habib Sa’dulla o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. U 1999-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni, 1992-yilda esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
🎓 Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini 1971-yilda tamomlagan ijodkor sermahsul faoliyati davomida ko‘plab she’riy to‘plamlar yaratdi.

🎭 Adib dramaturgiya sohasida ham samarali ijod qilgan. Uning “Yusuf va Zulayho” (1975) dramasi hamda “Rahmat, ig‘vogar” (1989) komediyasi kitobxonlar va tomoshabinlar e’tiborini qozongan.

🏅 Habib Sa’dulla “El-yurt hurmati” ordeni (2003) bilan mukofotlangan.

🕊 2006-yil 1-mart kuni Namangan shahrida vafot etgan.

✨ Uning boy ijodi bugungi kunda ham kitobxonlar qalbida yashab kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх