Muhabbat — chiroyli kapalak,
qoʻrqaman shoʻrlikni tutgani.
Kapalak quvganim yodimda,
yodimda yoʻq ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga koʻnadi.
Muhabbat — chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qoʻnadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat boʻlaman gʻoʻrlikdan —
qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolardim shoʻrlikdan…
✍️ Shavkat Rahmon
#Sheʼriyat #Muhabbat #ShavkatRahmon #Ilhom
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
