📚 “Kitob – ma’naviyat manbai”
📅 13-aprel kuni VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida mazmunli va ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida “Kitob – ma’naviyat manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, unda kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati va yoshlar tarbiyasidagi roli haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
📖 Shuningdek, kitobxonlar uchun boy va rang-barang kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, yangi adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
🏛 Mehmonlar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida kutubxona bo‘ylab ekskursiyada ishtirok etdilar.
🌟 Bunday tadbirlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ongida kitobga bo‘lgan mehrni mustahkamlashga xizmat qiladi.
#KitobxonlikHaftaligi #YakkasaroyAKM #KitobMa’naviyatManbai
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)









