Navbatdagi audio-loyihani e’tiboringizga havola etamiz!

🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Yusupova Mahliyo tomonidan tayyorlangan ushbu audio-loyihada “Dunyo daholari” kitobidan o‘rin olgan eng mazmunli va ta’sirchan hikoyalardan biri -“Qog‘oz va siyohdon” hikoyasi o‘qib eshittiriladi.
📖 Mazkur hikoya oddiy buyumlar misolida ilmning qudrati, tafakkurning kuchi va ijodning beqiyos ahamiyatini yoritib beradi. Hikoya tinglovchini mushohada qilishga, hayotga chuqurroq nazar tashlashga va har bir narsaning asl qadrini anglashga chorlaydi.
✨ “Qog‘oz va siyohdon” nafaqat badiiy hikoya, balki unda katta falsafa, ibrat va ma’naviy saboq mujassam. Har bir jumlasida insonni o‘ylantiradigan ma’no yashiringan bo‘lib, u kitobxon qalbida unutilmas taassurot qoldiradi.
🎧 Audio-loyihamizni tinglab, siz ham hikmat va tafakkur olamiga sayohat qiling, mutolaa zavqini his eting va ma’naviy ozuqa oling!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх