⭕️⭕️⭕️ Muhammad Yusuf tavallud kuniga o‘zgacha videorolik

To‘g‘risi, yurtimizda Muhammad Yusufning she’rlarini yod bilmaydigan inson topilmasa kerak. Uning samimiy, xalqona va yurakka yaqin satrlari qalblardan chuqur joy olgan.

📅26-aprel — ardoqli shoirimizning 72 yillik tavallud kuni.

Andijon viloyati hokimligi taqdim etgan ushbu mazmunli videorolikda jurnalist Elmurod Ermatov, aktyor G‘ayrat Ahmedov hamda jurnalist Xayrulla Hamidovlar hamkorlikda ijod qilgan.

🎥 Videorolik orqali shoir ijodi va hayot yo‘liga yana bir bor nazar tashlab, uning betakror she’riy olamidan bahramand bo‘ling.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх