28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni!

Ushbu sana Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan 2003-yildan buyon nishonlanib kelinmoqda. Kunining asosiy maqsadi — ish joylarida baxtsiz hodisalarning oldini olish, xavfsizlik choralariga rioya qilish va xodimlarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.

Har bir inson xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar va bilimlar mehnat jarayonini nafaqat samarali, balki xavfsiz qilish imkonini ham beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх