📚 QORAQALPOQ ADABIYOTINING BUYUK NAMOYANDASI

Bugun qoraqalpoq va o‘zbek adabiyotining atoqli vakili, O‘zbekiston Qahramoni — To‘lepbergen Qaipbergenov tavallud topgan kun.

Adib 1929 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida dunyoga kelgan. U umrining katta qismini ijod, matbuot va milliy adabiyot rivojiga bag‘ishladi. Yozuvchi o‘z asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, milliy qadriyatlari, insoniy fazilatlari hamda zamon ruhini yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirdi.

“Rahmat, muallim”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar” kabi qissa va romanlari, shuningdek, mashhur “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan.

To‘lepbergen Qaipbergenov nafaqat iste’dodli yozuvchi, balki xalq ma’naviyati va madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan fidoyi jamoat arbobi sifatida ham yodga olinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt/Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх