Mutolaa faqat sahifa varaqlash emas-anglash, his qilish va hayotga tatbiq etishdir.
🔹 1-daraja
Kitob o‘qiydi, ammo fikrlarni to‘liq anglash qiyin kechadi. Diqqat tez chalg‘iydi, o‘qilgan ma’lumotning bir qismi yodda qolmaydi.
📖 Mutolaadan foyda: 20%
🔹 2-daraja
O‘qigan kitoblarini yaxshi tushunadi. Ko‘p mutolaa qiladi, ayniqsa badiiy asarlarga qiziqadi. Kitob bilan do‘stlashgan insonlar shu toifaga yaqin bo‘ladi.
📖 Mutolaadan foyda: 50%
🔹 3-daraja
O‘qiganlarini tez anglaydi va eng muhimi — hayotida qo‘llaydi. Bir kitobni balki sekinroq tugatar, ammo undan amaliy foyda olishni biladi.
📖 Mutolaadan foyda: 100%
✨ Albatta, istisnolar ham bo‘lishi mumkin. Chunki ҳар bir insonning IQ darajasi, qobiliyati va dunyoqarashi turlicha.
Eng muhimi — ko‘p kitob tugatish emas, o‘qilgan kitobdan o‘zgarish olishdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt/Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
