🖋 Gʻafur Gʻulom — oʻzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, xalq qalbidan chuqur joy olgan betakror ijodkor. Uning asarlarida insoniylik, mehr, vatanparvarlik, xalqona ruh va hayot haqiqati yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan.
📖 Adibning “Shum bola”, “Yodgor”, “Netay” kabi qissalari hamda “Sen yetim emassan”, “Sogʻinish”, “Toshkent”, “Kuz keldi” singari sheʼrlari bugungi kunda ham kitobxonlar qalbini larzaga soladi.
✨ Gʻafur Gʻulom ijodi — oʻzbek xalqining hayoti, ruhiyati va milliy qadriyatlarining yorqin badiiy ifodasidir. U nafaqat iste’dodli shoir va yozuvchi, balki akademik, adabiyotshunos va maʼrifatparvar sifatida ham xalqimiz maʼnaviyatiga ulkan hissa qoʻshgan.
🌿 Adib xotirasi hamisha qalblarda yashaydi.
#GafurGulom
#10May
#TavalludKuni
#YakkasaroyTAKM
#OʻzbekAdabiyoti
#ShumBola
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
