Kontent tayyorlash markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyatiga bagʻishlangan “Yurt qaygʻusida 365 kun” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
🔹 Ushbu nashrda davlat rahbarining yil davomida amalga oshirgan keng koʻlamli islohotlari, aholi farovonligini oshirish, ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish, ekologik muammolarga yechim topish, madaniy-maʼrifiy sohalarni qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yoʻlidagi ishlari batafsil yoritilgan.
🔹 Kitob sahifalaridan oʻrin olgan tahliliy maqolalar, tarixiy hujjatlar va rang-barang fotolavhalar mamlakat taraqqiyotining muhim jarayonlarini kengroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)

