Bugun 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Bolalar bu — kelajagimiz, umidimiz bo‘lishi bilan birga, bizning mas’uliyatimiz, burchimiz va aksimizdir. Ularni yaxshi ko‘rish bilan birga, bolaliklari oldida mas’uliyatimizni ham unutmasligimiz lozim. Mas’uliyat bu — yaxshi ta’lim, go‘zal tarbiya, birga o‘tkazilgan vaqtdir.

Ularni xursand qilish, shodlik berish uchun ba’zan ko‘p bosh qotiramiz: o‘rtog‘idan yaxshiroq telefon, dugonasinikidan chiroyliroq qo‘g‘irchoq, shirinliklar, qimmatbaho kiyimlar… Aslida bolalarga bular emas, Biz kerakligimizni unutib qo‘yamiz. Bayramda ularga shunchaki vaqtingizni, mehringizni, e’tiboringizni sovg‘a qilishingiz ham mumkin.

Keling, qimmatbaho sovg‘alar o‘rniga kitob olib, ular bilan birga o‘qiylik, birga vaqt o‘tkazaylik.

Bolalar qalbini asraylik!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх