🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 59-buyruq asosida iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" doirasida 91-maktab Yulduzlar oromgohi o‘quvchilari ishtirokida "Men sevgan asar" mavzusida kitob taqdimoti tashkil etildi.
🔰Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar haqida qiziqarli ma'lumotlar berib, kitob qahramonlari, asarning mazmuni va unda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan fikr almashdilar. 📖Kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish hamda ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
📖 Kitob — tafakkur va ma'naviyat manbai!
#YoshlarKuni #MenSevganAsar #KitobTaqdimoti #Mutolaa #YakkasaroyTAKM #YulduzlarOromgohi
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)




