1994-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritildi. Ushbu tarixiy voqea mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 1993-yilda vaqtinchalik to‘lov vositasi sifatida joriy etilgan so‘m-kupon o‘rniga milliy valyuta — so‘m mamlakatning yagona qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi.
Bugungi kunda so‘m nafaqat iqtisodiy barqarorlikning, balki davlat suvereniteti va milliy g‘ururning ham muhim ramzlaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
