🌿 Sog‘lom turmush tarzi — sog‘lom kelajak poydevori!

📌 59-sonli buyruq ijrosini ta'minlash hamda iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida rahbar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar va rahbariyat vakillari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi, jismoniy faollikning ahamiyati, sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

(Без текста)

Прокрутить вверх