#SHERIYAT

ENG YAXSHI KUN — BUGUN

Erta demang, ertani kutmang,
Tashvishlar deb zardoblar yutmang.
G‘animatmiz, shuni unutmang,
Eng yaxshi kun bugun deb yashang.

Yuraklardan yeching tugunni,
Duolarga ko‘ming har kunni.
Kimlar topmay ketdi bugunni,
Eng yaxshi kun bugun deb yashang.

Ko‘ksingizni o‘ymasin g‘ubor,
Har mushkulga biling yechim bor.
Allohimga aytib istig‘for,
Eng yaxshi kun bugun deb yashang.

Bahor aksin bersin yanoqlar,
Tabassumdan yonsin dudoqlar.
Zulmat qalbga yoqib chiroqlar,
Eng yaxshi kun bugun deb yashang.

Ahvolingiz bo‘lsa hamki tang,
Allohim bor, hech g‘amin yemang.
Kecha demang, erta ham demang,
Eng yaxshi kun bugun deb yashang.

✍🏻 Maktuba Shaydo

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх