📚 KITOB — TOʻGʻRI YOʻL SARI MUHIM QADAM

file 762

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida probatsiya hisobida turuvchi fuqarolarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Yakkasaroy tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari A. Mirzayev hamda Yakkasaroy tuman prokuraturasining katta inspektori T. Fayziyev ishtirok etib, kitob mutolaasining inson kamoloti, huquqiy ong va ijtimoiy masʼuliyatni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Suhbat davomida ishtirokchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, ularga mutolaaning afzalliklari haqida tavsiyalar berildi hamda Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markaziga aʼzo qilinib, kutubxona xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

📖 Kitob — yangi hayot sari ishonchli yoʻl, maʼnaviy yuksalish va ezgu kelajak poydevoridir.

Telegram|Facebook|InstagramYouTube|Twitter

Прокрутить вверх