🎉 Bugun zamonaviy o‘zbek adabiyotining iste'dodli vakillaridan biri — yozuvchi va dramaturg Javlon Jovliyev tavallud topgan kun!
1991-yil 24-iyulda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tavallud topgan Javlon Jovliyev o‘zining teran fikrlari, hayotiy hikoyalari va "Qo‘rqma" romani bilan kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi bo‘lib, zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ijodkorlaridan biridir.
📖 Uning asarlari kitobxonni tafakkur qilishga, tarixni anglashga va Vatanga muhabbat ruhida yashashga chorlaydi.
🌿 Javlon Jovliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ijodiga ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi-yangi asarlar tilaymiz.
#JavlonJovliyev #24Iyul #TavalludKun #Yozuvchi #Mutolaa #YakkasaroyTAKM
