#Bilasizmi? 🐛📚

"Bookworm" (kitob qurti) atamasi dastlab shunchaki ibora bo‘lmagan.

Ilgari bu so‘z kitob sahifalari, yelimi va muqovasi bilan oziqlanadigan mayda hasharotlar (ayrim qo‘ng‘izlar va boshqa kitob zararkunandalari)ni anglatgan. 📖🐛

Vaqt o‘tishi bilan esa bu atama o‘zining asl ma’nosidan uzoqlashib, kitob o‘qishni sevuvchi, mutolaani hayotining ajralmas qismiga aylantirgan insonlarga nisbatan qo‘llanila boshladi.

Bugungi kunda "bookworm" deb atalish — kitobsevarlar uchun faxrli unvon hisoblanadi! 📚❤️

🤔 Bizning kanalimizda ham shunday "bookworm"lar bormi?
Keling, izohlarda bilib olamiz:

📖 Hozir ayni paytda qaysi kitobni o‘qiyapsiz?

📚 Sizningcha, chinakam "kitob qurti" haftasiga nechta kitob mutolaa qilishi kerak?

💬 Javoblaringizni izohlarda kutamiz!

Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:

Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх