Bugun, 5-avgust — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, ardoqli adib O‘tkir Hoshimov tavallud topgan kun.
Shu munosabat bilan Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida ogoh va sezgir qalb sohibi bo‘lmish adib ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada yozuvchining kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan:
🔹 "Ikki eshik orasi"
🔹 "Dunyoning ishlari"
🔹 "Nur borki, soya bor"
🔹 "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
🔹 "Urushning so‘nggi qurboni" va boshqa ko‘plab sarxil asarlari o‘rin olgan.
Aziz kitobxonlar! Barchangizni ushbu mazmunli kitob ko‘rgazmasiga taklif etamiz. O‘zbek adabiyotining durdona eserlarini birgalikda mutolaa qilaylik!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
