📖 Chingiz Aytmatov — "Bolaligim"
Turkiy dunyoning buyuk adibi Chingiz Aytmatovning "Bolaligim" asari yozuvchining hayot yo‘li, bolalik xotiralari va ijod olamiga eltuvchi samimiy xotiranomadir.
Asarda adib oilasi boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, urush yillarining ayanchli oqibatlari hamda uning mashhur asarlari yaratilish tarixi ta'sirchan tarzda bayon etiladi. Mutolaa davomida kitobxon go‘yo "Sarvqomat dilbarim", "Yuzma-yuz", "Jamila" kabi mashhur qissalar qahramonlari bilan yuzma-yuz suhbatlashgandek taassurot oladi.
✨ Ushbu asar nafaqat adibning hayoti bilan tanishtiradi, balki sabr-toqat, insoniylik, Vatanga muhabbat va hayotning murakkab sinovlari haqida chuqur mushohada yuritishga undaydi.
📚 Agar Chingiz Aytmatov ijodini yaqindan bilishni istasangiz, "Bolaligim" asari mutolaa uchun ajoyib tanlovdir.
📖 Kitob mutolaa qiling va ma'naviy olamingizni boyiting!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
