🤖 “Sun’iy intellekt: imkoniyatlar va kelajak istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🏛 59-sonli buyruq asosida iyun–avgust oylarida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida “Sun’iy intellekt: imkoniyatlar va kelajak istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🤖 Tadbir davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining bugungi kundagi o‘rni, uning ta’lim, axborot texnologiyalari, ijodkorlik va kundalik hayotdagi imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

💡 Yoshlar sun’iy intellektdan samarali va xavfsiz foydalanish, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajakdagi texnologik rivojlanish yo‘nalishlari haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📖 Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.

(Без текста)

Прокрутить вверх