🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida maroqli va mazmunli foto-ko‘rgazma tashkil etildi!
Ushbu ko‘rgazmada markazimizning shakllanishi, uning faoliyatidagi eng yorqin, samimiy hamda unutilmas lahzalar muhrlangan fotosuratlar jamlangan. Fotosuratlarda kutubxonamiz o‘quvchilari, tadbirlar jarayoni, kitobxonlar bilan kechgan qiziqarli uchrashuvlar va xodimlarimizning kundalik faoliyati o‘z aksini topgan.
✨ Har bir fotosurat — kutubxonamiz tarixining va kitobsevarlar bilan birga bosib o‘tilgan yo‘lning go‘zal bir bo‘lagidir.
Siz ham markazimizga tashrif buyurib, ushbu fotosuratlar orqali kutubxonamiz muhitini his etishingiz mumkin!
