🇨🇦 Kanadalik mashhur yozuvchi, rassom-animalist, tabiatshunos va skautlar harakati asoschilaridan biri Ernest Seton-Tompson ijodida tabiat, hayvonot olami va insoniy fazilatlar o‘ziga xos tarzda tasvirlangan.
📖 Mashhur asarlari:
• «Men bilgan jonivorlar»
• «Quvg‘indilar taqdiri»
• «Hayvonlar — qahramonlar»
• «Mitti yovvoyilar»
• «Rolf o‘rmonda»
• «Jonivorlar haqida hikoyalar»
• «Shimoliy hayvonlar hayoti»
• «Yovvoyi hayvonlar hayoti»
• «Yovvoyi yo‘rg‘a»
🐺 Uning asarlarida hayvonlarning hayoti, tabiat qonunlari, jasorat, sadoqat va erkinlik kabi tushunchalar chuqur aks etadi. Yozuvchi o‘quvchini tabiatni sevishga, hayvonot olamiga mehr va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi.
📚 Ernest Seton-Tompson asarlari — tabiatni anglash, mehr-oqibat va hayot saboqlarini o‘rganish uchun qiziqarli mutolaa!
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
