Sizlarni Yakkasaroy tumani tashkil topganining 90 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉
90 yil — bu tumanimizning boy tarixi, go‘zal xotiralari, bunyodkorligi va taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi qutlug‘ sana.
Yakkasaroyning ma’rifiy hayotida kitob, ilm va mutolaaning o‘ziga xos o‘rni bor. Biz, axborot-kutubxona markazi jamoasi, aziz kitobxonlarimiz bilan birgalikda ushbu ma’rifat yo‘lida xizmat qilishdan faxrlanamiz. 📖✨
Yakkasaroyimiz hamisha obod, fayzli va ma’rifatli maskan bo‘lib qolsin!
💙 Aziz yakkasaroyliklar, tumanimizning 90 yilligi muborak bo‘lsin!
📚 Kitob bilan — ma’rifat sari, ma’rifat bilan — kelajak sari!
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi
