🏛 Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan taniqli yozuvchi, shoir va dramaturg Omon Muxtor tavalludining 85 yilligi munosabati bilan bibliografik eslatma taqdim etiladi.
📚 Omon Muxtor — o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos falsafiy yo‘nalish va uslub yaratgan sermahsul ijodkordir. Uning "Nigoh", "Eshiklar orasida", "Ming bir qiyofa", "Aflotun" kabi romanlari, o‘nlab she’riy to‘plamlari va dramatik asarlari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan hamda inson ruhiyati va hayot mazmunini chuqur aks ettirishi bilan qadrlidir.
📖 Eslatma orqali siz:
Omon Muxtorning serqirra hayoti, ijodiy yo‘li va falsafiy qarashlari;
Adibning boy adabiy merosi, romanlari va dramatik asarlarining o‘ziga xosligi;
Yozuvchining o‘zbek madaniyati va adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot olasiz.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter