📚 “VATAN POSBONLARI — FAXRIMIZ” KITOB KO‘RGAZMASI

photo 2026 01 14 09 56 00

🏛Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan posbonlari — faxrimiz” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

📚Mazkur ko‘rgazmada Vatan himoyasi, milliy armiya taraqqiyoti, harbiy vatanparvarlik, mardlik va jasorat mavzularini yorituvchi badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar Qurolli Kuchlarimiz tarixi, bugungi salohiyati va fidoyi harbiy xizmatchilarimizning sharafli xizmat yo‘li haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

🔰Ushbu kitob ko‘rgazmasi yoshlar ongida Vatanga muhabbat, yurt himoyachilariga hurmat va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

📌 Barcha kitobxonlarni ko‘rgazma bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:

Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter


 

Прокрутить вверх