
🎥 Video Telegramda joylangan.
🔹 Wikipedia.com va wikipedia.org domenlari 2001-yil 12–13-yanvar kunlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
🔹 2001-yil 15-yanvarda AQSh fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger tomonidan Vikipediyaga asos solingan.
🔹 Larry Sanger “Vikipediya” atamasini inglizcha “wiki” va “encyclopedia” so‘zlarini birlashtirib yaratgan.
🔹 “Wiki” so‘zi gavayi tilidan olingan bo‘lib, “tez” degan ma’noni anglatadi va hamkorlikda yaratiladigan veb-sahifalar uchun ishlatiladi.
🔹 Jimmy Walesning asosiy maqsadi Encyclopedia Britannica darajasidagi yoki undan ham yuqori sifatli ensiklopediyani yaratish va uni keng ommaga taqdim etish bo‘lgan.
📚 Bugungi kunda Vikipediya millionlab foydalanuvchilar tomonidan yaratilayotgan va rivojlanayotgan, bilimlarni erkin ulashishga xizmat qilayotgan global platformaga aylangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter