
🎥 Video Telegramda joylangan.
✍🏻Bugun o‘zbek bolalar adabiyotining yorqin namoyandasi, mohir dramaturg va tarjimon Shukur Sa’dulla tavalludiga bag’ishlangan sana.
✨ Nega u betakror ijodkor edi? U bolalar psixologiyasini nozik his qilgan holda, har bir asarida yosh avlodning kelajagi o’smirlikdan shakllanishini uqtirib keldi. Uning asarlari shunchaki hikoya emas, balki tarbiya va hayot maktabidir.
📚 Mashhur asarlari:
Ertak-dostonlar: «Dumsiz tulkilar», «Ikki sandiq», «Ayyor chumchuq».
Pyesalar: «Yoriltosh», «Afsonani yenggan qiz».
To’plamlar: «Hayqiriq», «Sen nima qilding?», «Shogista».
✍🏻Shukur Sa’dulla nafaqat yozuvchi, balki G.X. Andersen, A. Pushkin va S. Marshak kabi jahon adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan tarjimon hamdir.
🌟 Adibning bolajonlar qalbiga muhrlangan asarlari hamon ma’naviyatimiz xazinasida yashab kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:
Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter