
🗓Bugun o‘zbek she’riyatida o‘zining betakror ovozi va samimiy misralari bilan iz qoldirgan shoir Xayriddin Saloh (1934–1969) tavalludiga 92 yil to‘ldi.
📌 Shoir haqida qisqacha:
♻️Xayriddin Saloh 1934-yil 15-yanvarda Toshkentda tug‘ilgan.
🏛Nizomiy nomidagi TDPUda tahsil olgan.
📖“O‘zbekiston madaniyati” va “Gulxan” jurnallarida faoliyat yuritgan.
📚 Ijodiy merosi: Shoirning “Chashma”, “Ishqim va rashkim”, “Tug‘yon”, “Na’matak” kabi to‘plamlari kitobxonlar ko‘nglidan chuqur joy olgan. Shuningdek, u Geyne, Bayron, Lermontov va R. Hamzatov asarlarini o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girgan tarjimondir.
«O‘limni pisand qilmas jasoratli qalblar uchun umr — bu shunchaki yashash emas, balki yonib yashashdir.»
Yaxshi asarlar muallifini mangu barhayot qiladi. Shoirning pokiza xotirasi qalblarimizda!
#Xotira #XayriddinSaloh #Adabiyot #Tavallud
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:
Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter