📚 16-yanvar kuni taniqli o‘zbek tilshunosi, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Fattoh Abdullaev (1914–1985) tavallud topgan kun.

photo 2026 01 16 08 12 21

📖Fattoh Abdullaev o‘zbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi va grammatikasi sohalarida chuqur va samarali ilmiy izlanishlar olib borgan yirik olimdir. Ayniqsa, Xorazm shevalari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari, dialektologik xaritalar tuzgani va badiiy nutq masalalariga bag‘ishlangan ishlari ilm-fan rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan.

🏛Olim 1939-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Toshkent, Namangan, Xorazm pedagogika institutlarida hamda O‘zFAi Til va adabiyot institutida samarali mehnat qilgan.

📖 Fattoh Abdullaevning boy ilmiy merosi bugungi va kelajak avlod tilshunoslari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

🕯 Olim xotirasi doimo e’zozda.

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting:

Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter

Прокрутить вверх