
🗓Bugun, 16-yanvar — Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi direktori Naima Xamidovna Shadiyevaning tavallud topgan kuni.
📖Naima Xamidovna kutubxonachilik sohasida 45 yillik boy ish tajribasiga ega bo‘lib, ushbu davr mobaynida o‘zining fidoyiligi, mas’uliyati va yuksak kasbiy mahorati bilan sohaning rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U rahbarlik faoliyatida zamonaviy yondashuvlar, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda jamoani bir maqsad yo‘lida birlashtira olishi bilan alohida e’tirofga loyiq.
🎉Hurmatli Naima Xamidovna, Sizni ushbu qutlug‘ ayyom munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy fayzu baraka, uzoq umr va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Kelgusidagi ezgu ishlaringizda doimo omad yor bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Yakkasaroy tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatishda davom eting: