🇺🇿Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar barcha hududlarda “Ayollarni e’zozlash” oyligi deb e’lon qilindi.
Mazkur oy doirasida:
✨ Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish,
✨ Ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash,
✨ Bandlik va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash,
✨ 8-mart- Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib tarzda keng nishonlash kabi ezgu maqsadlar amalga oshiriladi.
Zero, ayol baxtli bo‘lsa-oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa-jamiyat mustahkam bo‘ladi.
Aziz va muhtarama ayollarimizni e’zozlash, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatish barchamizning sharafli burchimizdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
