Joriy yilning 9-aprel kuni Abdulla Qahhor uy-muzeyida “Biz kim, mulki Turon!” shiori ostida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
👩🏫 Tadbirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Mohira Abduraxmonova, universitet talabalari, Yakkasaroy tumanidagi 91-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda Yakkasaroy tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari faol ishtirok etdilar.
📚 Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Yakkasaroy tuman AKM xodimlari — Baxtiyorova Diyora va Norbekova Surayyo tomonidan tashkil etilgan Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Kitoblar ko‘rgazmasi” katta qiziqish bilan tomosha qilindi.
✨ Mazkur tadbir yosh avlod qalbida tarixiy merosimizga hurmat va milliy g‘ururni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📲 Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga bo‘ling!
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter
(Без текста)









