Yaxshilar umriga o‘xshaydi fevral,
Nozik kurtaklarni uyg‘otar bir-bir.
Og‘ir kun, yoningda turguvchi do‘stday,
“Bahor yaqin”, deya bergaydir sabr.
Yaxshilar umriga o‘xshaydi fevral,
Necha ming yildirki — umri qisqa oy.
Ko‘klamga yetsin deb, tezroq odamlar,
Ikki kun umridan kechgan, hoynaxoy…
Assalomu alaykum!
Bizni bahorga yetaklovchi — fevralning birinchi tongi muborak bo‘lsin! 🌱☀️
Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Web-sayt|Telegram|Facebook|Instagram| YouTube|Twitter